AQShda Xitoyning ko‘chmas mulklari ustidan nazorat o‘rnatishni istashmoqda

AQShda Xitoyning ko‘chmas mulklari ustidan nazorat o‘rnatishni istashmoqda

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi tufayli Donald Tramp ma’muriyati milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan Nyu-Yorkdagi Xitoy kompaniyasiga tegishli bino aksiyalari nazorat paketini qo‘lga kiritishga tayyorlanmoqda.

Gap Nyu-Yorkdagi 850 Third Avenue binosi haqida bormoqda. U Xitoyning AQSh diqqat markazida turgan NHA kompaniyasiga qarashli. Manbaning aytishicha, bu AQSh milliy xavfsizligi masalasi bilan bog‘liq.

«Bu qaror Oq uyga tegishli», — dedi manba.

New York Post gazetasining yozishicha, Nyu-York polisiyasining 17-uchastkasi ushbu binoning 1-qavatida joylashgan. Ushbu uchastka polisiyachilari vaqti vaqti bilan Trump Tower binosi xavfsizligini ta’minlashadi. 

Bundan tashqari, manbalarning taxminicha, 58 yillik bino hukumat ixtiyoriga topshiriladi va keyinchalik sotiladi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!