AQShda masjidni yoqib yuborishga urinishdi

AQShda masjidni yoqib yuborishga urinishdi

Kaliforniya shtatining Eskondido shahri polisiyasi masjidga o‘t qo‘yganlarni qidirmoqda. Los Angeles Times nashri xabariga ko‘ra, hodisa yakshanba kuni kechasi soat uchlarda sodir bo‘lgan.

Yaxshiki, masjiddagilardan biri yong‘inni sezib qolgan va o‘t o‘chiruvchilar kelgunga qadar olov o‘chirilgan. Polisiya tekshiruv boshlagani uchun masjidda bomdod namozi o‘qilmadi.

Jinoyatga necha kishi aloqadorligi hozircha aniq emas. Ammo jinoyatchi(lar) masjidga kiraverishda Yangi Zelandiya masjidlaridagi terakt haqida yozuv qoldirgan.

Mahalliy polisiya barcha ibodatxonalarda hushyorlikni oshirish kerakligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!