AQShda mashhur modelni piyodalar o‘tish joyida mashina urib ketdi

AQShda mashhur modelni piyodalar o‘tish joyida mashina urib ketdi

AQShning Los-Anjeles shahrida noma’lum haydovchi Kaliforniya go‘zali unvoni egasi Yana Lavrentyevani piyodalar o‘tish joyida urib ketdi. Oqibatda ayol halok bo‘lgan. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.

Hodisa 13 oktyabr kuni yarim tunda yuz bergan. Ma’lum bo‘lishicha, ayol yo‘lni kesib o‘tayotgan bo‘lgan va noqulaylik qilayotgan oyoq kiyimini yechish uchun uning o‘rtasida to‘xtagan. Shu paytda svetoforning yashil chirog‘i yongan, biroq yo‘ltanlamasning haydovchisi ayolga e’tibor qilmasdan, mashinani uning ustiga haydab ketgan.

Hodisadan keyin haydovchi voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan. Polisiya jinoyatchini topish uchun hodisa joyidagi kameralar yozuvlarini o‘rganmoqda.

30 yoshli Yana Lavrentyevaning ikki nafar bolasi onasiz qolgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!