AQShda jangchi ayol raqibini nokautga uchratdi va raqsga tushdi

AQShda jangchi ayol raqibini nokautga uchratdi va raqsga tushdi

Amerikalik ayol jangchi — MMA vakili Valeri Loreda Tara Graffni "Bellator 243" turniri doirasida nokautga uchratdi. Video tashkilotning tvitterdagi akkauntiga joylashtirilgan.

22 yoshli amerikalik sportchi jangning ikkinchi raundida raqibini nokautga uchratdi. Keyin esa kamera oldida raqsga ham tushdi.

Loreda o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi ochiq fotosuratlari va videolari uchun bir necha bor tanqid qilingan. Sportchi shu paytgacha MMAda uchta g‘alaba qayd etgan, mag‘lubiyat yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!