AQShda "Facebook"ka boykot e’lon qilish taklif etildi

AQShda "Facebook"ka boykot e’lon qilish taklif etildi

AQShda "Facebook"ka nisbatan rasizm ayblovi bo‘yicha boykot e’lon qilish taklif etildi. Bu haqda Islam.ru sayti orqali xabar tarqatildi.

Boykot tashabbuskorlari bu ishni keyinchalik ham davom ettirmoqchi. Ijtimoiy tarmoq ma’muriyati huquq himoyachisi bo‘lgan tashkilotning talabini bajarmagan.

Free Press tomonidan tarqatilgan press-relizda jumladan, shunday deyilgan: “Facebook bizning talablarimizga jiddiy yondashmas ekan, boykotni kengaytirishda davom etamiz”.

Ushbu tashkilot rahbari Jessika Gonsales kompaniya rahbari Mark Sukerberg va kompaniyaning amaliyotlar direktori Sheril Sendberg bilan uchrashdi. Gonsalesning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq rahbariyati boykotchilarni “choralar ko‘rayotganiga” ishontira olmagan.

“Biz bosim o‘tkazishda davom etishimiz kerak”, deya qo‘shimcha qildi Gonsales.

Sal ilgari AQShning bir qator reklama beruvchilari Facebook’da reklama berishni to‘xtatishlarini e’lon qilishgan edi. Sababi ijtimoiy tarmoq rasistlik ko‘rinishida xabarlarni bloklamaydi va tekshirilmagan xabarlarni o‘chirmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!