AQShda dinozavrning yangi turi aniqlandi

AQShda dinozavrning yangi turi aniqlandi

Paleontologlar AQShdagi Yuta Milliy qo‘riqxonasida qazilma ishlarini olib bordi va u yerda yangi turdagi dinozavr skeletini topdi. Tosh qotgan skeletning yoshi 76 million yilga teng va u qadimiy zirhli reptiliyaga tegishli. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.

Yangi turga Akaynasefal jonsoni nomi berildi. Uning yashash joyi Shimoliy Amerika hududi bo‘lgan taxmin qilinmoqda.

Topilma shu vaqtgacha topilgan barcha zirhli dinozavrlar orasida to‘rt metrli nisbatan to‘liq skelet hisoblanadi. Olimlar unda avvalgi topilmalar bilan o‘xshash hech narsa topa olmagan, shuning uchun uni yangi tur sifatida qabul qilgan

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!