AQSh o‘z fuqarolarini Uxan shahridan evakuasiya qilmoqda

AQSh o‘z fuqarolarini Uxan shahridan evakuasiya qilmoqda

AQSh Davlat departamenti Xitoyning Uxan shahridan konsullik generallarini evakuasiya qilmoqchi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Agentlik  diplomatik vakolatxona xodimlaridan tashqari, ma’lum miqdordagi vatandoshlarini ham Xitoydan olib chiqishga tayyor. Bort 28 yanvar kuni Xitoydan San-Fransiskoga yetib keladi.

Ma’lumot o‘rnida, 2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy ma’murlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini (JSST) Uxan shahrida aholisi 11 million kishidan iborat bo‘lgan yirik savdo va sanoat markazida noma’lum turdagi pnevmoniyaning tarqalgani haqida xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, virus Avstraliya, Vyetnam, Malayziya, Nepal, Koreya Respublikasi, Singapur, AQSH, Tailand, Fransiya va Yaponiyada ham tarqaldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!