AQSh ukrainlarda biotadqiqot o‘tkazganini tan oldi

AQSh ukrainlarda biotadqiqot o‘tkazganini tan oldi

AQSh Jenevadagi Biologik va toksik qurol-yarog‘larni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyaga a’zo davlatlar yig‘ilishida Ukrainadan fuqarolarning patogen (kasallik qo‘zg‘atuvchi) shtammlari va biomeriallari namunalari olib chiqilganini tan oldi. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlarining radiasiya, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari rahbari Igor Kirillov ma’lum qildi.

“AQSh va Ukrainaning Ukraina fuqarolaridan shtammlar va biomateriallar olib chiqish va harbiy xizmatchilar, kam ta’minlangan fuqarolar hamda aholining eng himoyalanmagan qatlamidan biri – ruhiy kasalxonalar bemorlarida tadqiqot o‘tkazishda etika me’yorlariga rioya qilishga oid tushuntirishlari g‘oyat ishonarsiz bo‘ldi”, - dedi u.

Kirillovning ta’kidlashicha, bu masalani muhokama qilish chog‘ida Amerika delegasiyasi shunga o‘xshash faktlarni tan olgan va “shu bilan birga, AQShga patogen biomaterillar namunalari berish “gohida bo‘lib turganini” aytgan”

Jenevada 5-9 sentyabr kunlari Biologik va toksik qurol-yarog‘larni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyaga a’zo davlatlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Rossiya AQSh va Ukraina konvensiyaning I va IV moddalarini buzganligi uchun uni o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan. Kirillovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, jumladan, Ukraina biolaboratoriyalaridagi patogen materiallar to‘plangani qismi haqiqiy ekanligi biror bir delegasiyada shubha tug‘dirmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!