AQSh Ukraina tomoniga yordam berishi mumkin...

AQSh Ukraina tomoniga yordam berishi mumkin...

Ukraina atrofida vaziyat keskinlashgan taqdirda, AQSh va uning ittifoqchilari Polsha, Ruminiya va Slovakiya kabi NATO mamlakatlarida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish orqali Ukraina tomoniga yordam berishi mumkin, shu bilan birga qurol-yarog‘ ta’minoti ham amalga oshiriladi. Bu haqda New York Times xabar berdi.‌‌

Shuningdek, xabarda aytilishicha, AQSh generali Stavridis 1970 yillar oxiri va 1980 yillar, ya’ni Tolibon kuchayishidan avval, Amerika Afg‘onistondagi Sovet bosqiniga qarshi mujohidlarni qo‘llab-quvvatlaganiga ishora qilgan.

"Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish darajasi oldida Afg‘onistondagi Sovet Ittifoqiga qarshi harakatlarimiz arzimas darajada bo‘lib qoladi", deb ta’kidlaydi u.‌‌


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!