AQSh shaxsan Putinga qarshi sanksiyalar paketini tayyorladi

AQSh shaxsan Putinga qarshi sanksiyalar paketini tayyorladi

AQShning demokrat senatorlari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini taqdim etadi. Ular buni 12 yanvar, chorshanba kuni amalga oshirishadi. Bu haqda Washington Post gazetasi olingan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.

Gazetaning yozishicha, agar Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, sanksiyalar joriy etiladi. Cheklovlar mamlakat prezidenti Vladimir Putinga ham tegishli. Ular, shuningdek, Rossiyaning bir qator yuqori martabali harbiylari va amaldorlari, banklari va SWIFT tizimiga ta’sir qiladi.

Oq uy, OAVning qayd etishicha, demokratlar taklif qilgan sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!