AQSh Rossiya bilan yangi sovuq urush e’lon qildi

AQSh Rossiya bilan yangi sovuq urush e’lon qildi

AQSh va Rossiya yana «sovuq urush» holatida. Bu haqda CNN telekanali orqali AQSh Kongressi Vakillar palatasi tashqi ishlar qo‘mitasidagi yetakchi respublikachi Maykl Makkol aytdi. Kongressmenning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin «zaiflik hidini his qilgan».

Makkol, shuningdek, Moskva Ukraina «non savatchasi» bo‘lgan «sovet imperiyasini» qayta tiklamoqchi, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, Vashington Moskvani jilovlash uchun yetarlicha harakat qilmayapti, deya qo‘shimcha qildi Makkol. «Ritorika bor, lekin harakat yo‘q», dedi u. Va u tobora ko‘proq Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishni, shuningdek, Kiyevga qurol sotishni taklif qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!