AQSh razvedkasi chet eldagi "informatorlardan" mahrum bo‘lgani rostmi?

AQSh razvedkasi chet eldagi "informatorlardan" mahrum bo‘lgani rostmi?

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi o‘tgan haftada chet eldagi barcha rezidenturalariga "o‘nlab" o‘ldirilgan, hibsga olingan yoki boshqa davlat razvedka xizmati tomonidan "verbovka qilib olingan" informatorlar haqida xabar berilgan telegrammalarni yo‘lladi. Bu haqda New York Times nashri yozmoqda.
"Mutlaqo maxfiy" grifi ostida yuborilgan hujjatda MRB o‘z xodimlarini yo‘qotish raqamlari o‘ta katta ekani haqida ogohlantirgan.
"Telegramma qisqa bo‘lsa-da, unda biroq raqib razvedka xizmatlari tomonidan yo‘q qilingan agentlar soni haqida aniq ma’lumot keltirilgan. Kontrrazvedkachilar odatda bu singari aloqa tarmoqlarida bunday ma’lumotlar bilan bo‘lishmaydilar", - deyiladi maqolada.

MRB shuningdek, hibsga olingan xorijiy agentlarning aniq sonini ochiqlagan, biroq ayni vaqtda boshqa razvedka xizmatlari tomonidan "verbovka" qilib olinib, AQShga qarshi ishlayotganlar sonini keltirishga qiynalgan.
New York Times nashrining yozishicha, agentlarni o‘zi tomonga verbovka qilib olish ishlarida ayniqsa, pokiston maxsus xizmatlariga teng keladigan yo‘q. Xitoy va Rossiyada esa mahalliy kontrrazvedkachilar amerika agentlarini kuzatish uchun sun’iy ong, biometrik skanerlash va insonni yuz qiyofasiga qarab taniy oladigan texnologiyalardan foydalanishda qiyinchilikka uchraganlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!