AQSh qochoqlarni qabul qilishni kamaytiradi

AQSh qochoqlarni qabul qilishni kamaytiradi

AQSh davlat departamenti rahbari Mayk Pompeoning ma’lum qilishicha, mamlakat 2019 yilda qochoqlarni qabul qilish kvotasini 30 mingtaga kamaytiradi, deb xabar beradi «daryo.uz».

Joriy yilda ushbu kvota bo‘yicha 45 ming nafar qochoq qabul qilingan edi.

Qayd etilishicha, AQShda hozirgi kunda 800 ming boshpana so‘rayotgan kishi mavjud, ular o‘z so‘rovi bo‘yicha qaror qabul qilinishini kutmoqda.

2000 yildan beri AQShda 1,5 million nafar qochoq qayd etilgan.

Mayk Pompeoning ta’kidlashicha, 2017 yilda mamlakat 8 milliard AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni ijtimoiy yordamga yo‘naltirgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!