AQSh prezidentiga tegishli tarixiy Qur’on ko‘rgazmaga qo‘yildi

AQSh prezidentiga tegishli tarixiy Qur’on ko‘rgazmaga qo‘yildi

AQShning uchinchi prezidenti (1801-1809) Tomas Jeffersonga tegishli bo‘lgan tarixiy Qur’on nusxasi Vashingtondagi Kongress kutubxonasidan ilk marta chiqib, Dubaydagi Expo 2020 ko‘rgazmasida namoyish etilmoqda.

«Bu #USAP pavilonida bizning «Hayot, ozodlik va kelajakka intilish» mavzuimizning ajralmas qismi sifatida namoyish etiladi», - deyiladi 1 oktyabrda Dubayda ochilgan «Ekspo-2020» ko‘rgazmasidagi AQSh pavilyonining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntida.

Jefferson Amerika Qo‘shma Shtatlarining asoschilaridan biri va Mustaqillik Deklarasiyasining asosiy muallifi sifatida tan olingan.

1734 yildagi Qur’onning ikki jildli nashri, shuningdek, ramkali Makka xaritasi Kongress kutubxonasidan 4 dyuymli maxsus tayyorlangan yog‘och quti va alohida lavhlar ichida olib kelingan.

Dubayda bo‘lib o‘tadigan butun dunyo ko‘rgazmasida tarixiy eksponatlarni qo‘riqlash va xavfsizlik xodimlari muntazam kuzatib borishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!