AQSh prezidenti Venesuelaga yana tahdid qildi

A A A
AQSh prezidenti Venesuelaga yana tahdid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp yana bir bor Venesuelaga nisbatan yangi harbiy zarbalar berilishi mumkinligini aytdi.

Nyu-Yorkdan Vashingtonga qaytib kelar ekan, jurnalistlar savollariga javob bergan Tramp Karib dengizi hududida “narkokartellarga qarshi kurash” uchun jo‘natilgan AQSh harbiy kemalari o‘z faoliyatini davom etayotganini ta’kidladi.

“Venesueladan juda ko‘p giyohvand moddalar kelmoqda. Tren de Aragua to‘dasi a’zolari ham ko‘plab kirib kelmoqda. Ular qochishga urinmoqda, lekin biz ularni chegarada muvaffaqiyatli to‘xtatyapmiz”, — dedi Tramp.

Prezidentga ehtimoliy harbiy zarba haqida berilgan savolga u, agar Karib dengizi suvlarida giyohvand moddalar bilan bog‘liq kema topilsa, zarba berish imkoniyati istisno qilinmasligini ochiq aytdi.

Karakas “baliq ovlovchi kema” deb atagan voqeaga izoh bergan Tramp, AQShda kema narkotik moddalar tashiganini tasdiqlovchi razvedka ma’lumotlari mavjudligini bildirdi.

Biroq u Venesuela hududiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy zarba berish ehtimoli haqida aniq javob berishdan tiyildi.

AQShning mintaqadagi faolligi

Avvalroq Tramp Lotin Amerikasi narkokartellariga qarshi kurashda qo‘shinlardan kengroq foydalanishni nazarda tutuvchi farmonni imzolagan edi.

Avgust oyi oxirida AQSh Venesuela qirg‘oqlariga USS Gravely, USS Jason Dunham va USS Sampson nomli uchta harbiy kemani jo‘natdi.

Bunga javoban prezident Nikolas Maduro 4,5 million milisiya safarbar qilinganini va har qanday hujumga qarshi turishga tayyorligini e’lon qildi.

Shu bilan birga, AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset Amerika qo‘shinlari Venesuelada rejimni o‘zgartirish operasiyasiga ham tayyor ekanini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov