AQSh Afg‘onistonni qayta tiklashi shart — Xitoy

AQSh Afg‘onistonni qayta tiklashi shart — Xitoy

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Shanxay hamkorlik tashkiloti va KXSHT sammitlari arafasida Rossiya, Eron va Pokiston tashqi ishlar vazirlari bilan to‘rt tomonlama uchrashuv chog‘ida AQShni Afg‘onistonni iqtisodiy jihatdan ta’minlab, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga chaqirdi. Uning so‘zlarini TASS agentligi keltiradi.

AQSh harbiylari va ularning ittifoqchilarining shoshilinch ravishda olib chiqilishi Afg‘onistonga yangi muammolarni qo‘shdi, deydi u. Uning ta’kidlashicha, respublikada yangi siyosiy tuzilmaning shakllanishi hali tugamagan, etnik va diniy ziddiyatlar murakkab, mahalliy to‘qnashuvlar xavfi katta, aholi farovonligini ta’minlash muammolari ko‘p va mamlakatning kelajakdagi rivojlanishiga ishonchsizlik mavjud.

"To‘rtta davlat (Xitoy, Rossiya, Eron, Pokiston) boshqa davlatlar bilan bir qatorda, AQShni saboq olishga, Afg‘onistonni tiklash mas’uliyatini olishga va unga iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatishga undashi kerak”, — dedi vazir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!