Angrenda dollar o‘rniga soxta yevro berib ketgan «bank xodimi» qidirilmoqda

Angrenda dollar o‘rniga soxta yevro berib ketgan «bank xodimi» qidirilmoqda

Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi S.X. ismli ayol IIBga firibgarlikka duch kelgani yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Shu yilning 9 iyun kuni noma’lum ayol uning uyiga kelib, o‘zini bank xodimi deb tanishtiradi va 30 foizlik chegirma bilan dam olish maskaniga yo‘llanma olib berishini aytib, undan 1400 dollar oladi. Dollar o‘rniga 8 dona qalbaki 200 yevro solingan konvertni berib, bir necha kundan keyin pullarni bank orqali milliy so‘mga almashtirib berishini aytib, voqea joyidan ketadi.

«Hurmatli fuqarolar, o‘z xorijiy valyutangizni banklarning valyuta ayriboshlash shoxobchalari orqali almashtiring. Agarda siz va yaqinlaringiz oldiga ana shunday shaxslar kelib, pullaringizni milliy valyutaga almashtirib berishini aytsa, bilingki, ular firibgardir. Bunday holda darhol ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlari yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering», deyiladi IIV xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!