Angliyada koronavirus tarqalishiga "Atletiko" muxlislari sababchimi?

Angliyada koronavirus tarqalishiga "Atletiko" muxlislari sababchimi?

Angliyaning "Liverpul" klubi sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i Metyu Eshtonning aytishicha, YECHL doirasida bo‘lib o‘tgan «Liverpul» — «Atletiko» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv mobaynida «Enfild»ga tashrif buyurgan "Atletiko" muxlislari koronavirus pandemiyasini o‘zlari bilan olib kelishgan va ularning asorat butun boshli Buyuk Britaniyaga zarar keltirmoqda.

ECHLning 1/8 final bosqichi doirasida «Liverpul» hamda «Atletiko» klublari o‘rtasidagi uchrashuv 11 mart kuni bo‘lib o‘tgandi. O‘sha paytlarda Buyuk Britaniyada koronavirusdan zararlanganlar aytarli bo‘lmagan, shu sababli, hukumat rahbarlari stadionga muxlislarning tashrifiga taqiq qo‘ymagan edi. O‘sha bahsda «Enfild»ga "Atletiko"ning 3000 nafarga yaqin muxlislari tashrif buyurgan edi.

Hozirgi kunga kelib Buyuk Britaniyada ushbu kasallik bilan aziyat chekayotganlar soni 30 ming nafardan ortiq. "Liverpul" klubi sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i Metyu Eshtonning fikricha, ushbu bahs koronavirusning Buyuk Britaniyada ko‘payib ketishiga sabab bo‘lgan.

«Odamlar kamdan kam holatda noto‘g‘ri qaror qabul qilishida. Ehtimol, o‘sha paytda vaziyatning jiddiyligi hukumatga tushunarsiz bo‘lgandi. Biz hech qachon aniq bilmaymiz, biroq, aminmanki, «Atletiko» muxlislari o‘zlari bilan yurtimizga koronavirusni olib kelishgan va asoratlarini bizga tashlab ketishgan», — dedi Eshton.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!