Ana xolos! Trampning xotini Putinga "ko‘z suzdi"mi? (foto)

Ana xolos! Trampning xotini Putinga "ko‘z suzdi"mi? (foto)

Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin AQSh birinchi xonimi Melanya Trampni “Katta yigirmatalik” sammitidagi harakati sabab ayrim jurnalistlar hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiboriga tushgan vaziyatdan “qutqardi”.
Birinchi xonim sammit doirasida tashkillashtirilgan tadbirda stol atrofida Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonga qarab, jilmayib turgani va bu vaqtda esa AQSh prezidentining boshqa tomonga qarab, “chalg‘igan” holati aks etgan foto ijtimoiy tarmoqlar va OAVda tarqalib, foydalanuvchilarning turli hazilomuz fikr va izohlariga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlardagi ba’zi izohlarga ko‘ra, go‘yoki Melanya Tramp Rossiya yetakchisiga nisbatan xushomad qilgan.
“Putinga Tramp o‘rniga Melanya qaramoqda va buni uning eridan boshqa hamma ko‘rib turibdi”, deb yozilmoqda matbuotda.


 
Putin sammit doirasidagi brifinglardan birida yuqoridagi kabi izohlarga javob qaytardi:
 
“Melanyani o‘z holiga qo‘ying!”
 
Hazil o‘z o‘rnida, ammo shuni ta’kidlab o‘tish joizki, ko‘pgina nufuzli jurnalistlar e’tirofiga ko‘ra, “Katta yigirmatalik” sammiti G20 tarixidagi “eng ziddiyatlarga boy” sammit bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, tadbirni muvaffaqiyatsiz o‘tdi deb baholash ham taklif etilmoqda. Buning asosiy sababi esa, Donald Trampning ko‘p masalalarda ziddiyatli holatlarga yo‘l qo‘ygani deb ko‘rsatilmoqda.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!