Ana xolos! Ronalduga tanbeh berildi, sababi... 

Ana xolos! Ronalduga tanbeh berildi, sababi... 

Futbol bo‘yicha UYEFA Millatlar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan o‘yinda Portugaliya terma jamoasi o‘z maydonida Xorvatiyani qabul qildi va va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu kuni o‘ng oyoq barmog‘ida infeksiya borligi sabab maydonga tusha olmagan Krishtianu Ronaldu o‘yinni tribunada o‘tirib kuzatib bordi. 35 yoshli Portugaliya terma jamoasi sardori karantin qoidalariga zid ravishda niqobsiz o‘tirgan paytda tashkilotchilardan biri kelib uni ogohlantirdi.

​Futbolchi shundan so‘ng niqobini taqib olib, o‘yinni kuzatishda davom etdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!