Ana xolos! «Koronavirus» so‘zini tilga olish taqiqlandi

Ana xolos! «Koronavirus» so‘zini tilga olish taqiqlandi

Turkmanistonda aholiga koronavirus va pandemiya to‘g‘risida gaplashish, jurnalistlarga esa «koronavirus» so‘zini ishlatish taqiqlandi. Bu haqda Chegarasiz muxbirlar (RSF) xalqaro tashkiloti xabar bermoqda.

Tashkilotning ma’lumot berishicha, hattoki mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan maktab, kasalxona va korxonalarga tarqatilgan broshyuralarda ham kasallik nomini yozish taqiqlandi.

Qayd etilishicha, odamlar oldida niqob taqish va bu kasallik to‘g‘risida suhbatlashish qamoqqa olinishga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu tartib bajarilishini nazorat qilish uchun milisiya xodimlari ko‘chada oddiy fuqaro kiyimida yuradi.

Turkmaniston hukumatining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!