Ana xolos! Chiptasiz yo‘lovchi yerga qo‘nmagan samolyotdan sakradi, ammo...

Ana xolos! Chiptasiz yo‘lovchi yerga qo‘nmagan samolyotdan sakradi, ammo...

Londonning Xitrou aeroporti yaqinidagi bog‘lardan birida erkak kishining jasadi topildi. Bu haqda Yeuronews.com nashri xabar berdi.

Taxminlarga ko‘ra ushbu chiptasiz yo‘lovchi “Keniya havo yo‘llari” samolyotidan sakragan vaqtda vafot etgan. Britaniya polisiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxs samolyot shassi qismiga yashiringan holda parvoz etgan. Samolyot Xitrou aeroportiga yaqinlashib qo‘nishga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida esa u sakragan va voqea joyida vafot etgan. Avialaynerni ko‘zdan kechirish vaqtida uning shassi qismidan sumka va uncha ko‘p bo‘lmagan oziq- ovqat zaxirasi topilgan. Ayni damda polisiya erkak kishining shaxsini aniqlash bo‘yicha ish olib bormoqda.

Nayrobi aeroportida voqeani tergov qilish yuzasidan maxsus ishchi guruh tuzilgan. Elatib o‘tamiz, Nayrobi va London o‘rtasidagi masofa 6840 km bo‘lib parvoz 9 soatga yaqin davom etadi. Keniya havo yo‘llari yuz bergan voqea munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Hamda vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida hukumat bilan hamkorlikda ishlayotganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!