Ana xolos! AQShda yana bir janjal avj olmoqda

Ana xolos! AQShda yana bir janjal avj olmoqda

AQShda yana bir janjal avj olmoqda. ProPublica portali eng boy amerikaliklarning soliqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘p milliard dollarlik foyda bilan ular xazinaga umumiy qoidalarga muvofiq bo‘lganidan ancha kam pul to‘lashgan.

2014 yildan 2018 yilgacha boylikning umumiy o‘sishi 400 milliard dollardan oshgan holda, milliarderlar atigi uch yarim foizni yoki 13 yarim milliardni soliq sifatida o‘tkazdilar.

Shu bilan birga, minimal "stavka" bo‘yicha o‘ziga xos rekord 90 yoshli Uorren Baffet tomonidan o‘rnatildi. Uning boyligi 24 milliard dollarga o‘sdi va daromadi 125 million dollarni tashkil etdi.

Endi ushbu ma’lumot AQSh soliq idoralari tomonidan tekshirilmoqda, deb xabar beradi "Rossiya 24" telekanali.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!