Amerika prezidentligiga yana bir nomzod chiqdi

Amerika prezidentligiga yana bir nomzod chiqdi

AQShning keyingi prezidentlik saylovlari 2020 yil 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Demokratik partiya o‘z nomzodini 2020 yilning 13-16 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan Kongressda, Respublikachilar partiyasi esa 24-27 avgust kunlari tanlaydi.

Nyu-York shtatining senatori Kirsten Jillibrand 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyati borligini ma’lum qildi va rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Avvalroq yana bir nomzodlik Gavayi shtati vakillar palatasi a’zosi Demokrat ayol Tulsi Gabbard tomonidan e’lon qilingandi. Gabbard 37 yoshda, u Iroqda AQSh qurolli kuchlari safida xizmat qilgan. Kongresschi, shuningdek, 2017 yilda Suriyaga tashrif buyurib, u yerda Prezident Bashar Asad bilan uchrashganini aytgandi, deydi life.ru .


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!