Alisher Usmonov o‘zining nodir kolleksiyasini muzeyga sovg‘a qildi

Alisher Usmonov o‘zining nodir kolleksiyasini muzeyga sovg‘a qildi

O‘zining san’at va sportga homiyligi bilan mashhur rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Rossiya sport muzeyiga mukammal qurollar kolleksiyasini sovg‘a qildi. bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
 
Sovg‘a qilingan kolleksiyaga II asrdan hozirgi davrgacha bo‘lgan vaqtlarda yasalgan 25 ta sablya va shpaga kirgan. Ushbu kolleksiya o‘zida butun bir qilichbozlik tarixini mujassamlashtirishi ta’kidlandi.
 
Endilikda muzey xodimlari ekskursiya uyushtirib, eksponatni ommaga namoyish qilishi kerak bo‘ladi.
 
Ma’lumot uchun, Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federasiyasi prezidenti hisoblanadi. Uning o‘zi ham yoshligida qilichbozlik sport turi bilan shug‘ullangan.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!