Alisher Usmonov: Rossiyada birgina oligarx qolgan

Alisher Usmonov: Rossiyada birgina oligarx qolgan

Rossiyalik milliarder va tadbirkor Alisher Usmonov Rossiyada birgina oligarx qolganini aytdi. U bunday fikrni “Rossiya 1” telekanalida uzatiluvchi “Deystvuyushiye lisa s Nailey Asker-zade” ko‘rsatuvida bildirgan.

Usmonovning fikricha, oligarxlikka mansub bo‘lishning bosh mezoni hokimiyatdan biznesning olinishi hisoblanadi, shu sababli u o‘zini oligarxlar qatoriga kiritmaydi.

“Men “oligarx” so‘zini umuman yoqtirmayman. Oligarx pul to‘lamay barchasini olgan odamdir. Men hayotimda undaylar sirasiga kirmaganman”, deb aytgan milliarder.

Usmonov, shuningdek, Rossiyada birgina oligarx qolganini aytgan, biroq uning shaxsini oshkor qilmagan. “Fikrimcha, bizda bu vagonda birgina yo‘lovchi qolgan, vagon bo‘m-bo‘sh, u esa bir o‘zi unda o‘tirib, hanuzgacha aylanib yuribdi. Ana u oligarx”, deb aytgan Usmonov va bu odam birgina kompaniyasidan tashqari barcha narsasini yo‘qotganini qo‘shimcha qilgan.

Hozirda Alisher Usmonovning boyligi 12,5 mlrd dollarga baholanib, u eng boy rossiyaliklar ro‘yxatida 10-o‘rinni egallamoqda. 

2018 yilda tadbirkor AQSh moliya vazirligining “Kreml dokladi” – Vladimir Putinga yaqin odamlar ro‘yxatiga tushgan. Ularga kelgusida AQSh tomonidan sanksiyalar qo‘llanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!