Alisher Usmonov rafiqasi bilan ajrashyapti

Alisher Usmonov rafiqasi bilan ajrashyapti

"Forbes" ma’lumotlariga ko‘ra, milliarder Usmonovning boyligi 15,7 milliard dollarga baholanadi.

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Butunrossiya badiiy gimnastika federasiyasi prezidenti, Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Viner-Usmonova bilan ajrashishga qaror qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Moskvaning Krilatsk tumani sudyasi tadbirkorning da’vosini 7 iyun kuni ko‘rib chiqadi. Sudning aniqlik kiritishicha, Usmonov ushbu fuqarolik ishida da’vogar, Viner-Usmonova esa javobgar hisoblanadi.
Alisher Usmonov Viner-Usmonova bilan ajrashish uchun birgalikda sotib olingan mulk bo‘yicha hech qanday masala hal etilmaydigan va faqat nikoh rasman buziladigan shaklda ariza bergan.
Tomonlar vakillari o‘rtasidagi suhbat bugun bo‘lib o‘tgan, shundan so‘ng er-xotinlarga yakuniy qaror qabul qilish uchun taxminan ikki hafta vaqt berilgan.
Ma’lumot uchun, 68 yoshli Usmonov va 73 yoshli Viner-Usmonova 1992 yilda turmush qurgan. Ularning farzandlari yo‘q. "Forbes" ma’lumotlariga ko‘ra, Usmonovning boyligi 15,7 milliard dollarga baholanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!