Alisher Usmonov: «Prezident ham «Paxtakor»ga muxlislik qiladi»

Alisher Usmonov: «Prezident ham «Paxtakor»ga muxlislik qiladi»

Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Rossiyaning Forbes nashriga intervyu berdi. Unda tadbirkor Paxtakor futbol klubi haqida ba’zi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Kun nashrining yozishicha, Forbes: O‘zmetkombinat va O‘zikkilamchiranglimetall SFI guruhi tomonidan boshqarilmoqda. Kompaniya kuzatuv kengashining raisi - milliarder Fattoh Shodiyevning qarindoshi Bobur Shodiyev. SFI - bu Fattoh Shodiyevning guruhimi?

Yo‘q, bu noto‘g‘ri. SFI uning akasi, mening do‘stimning oilasiga tegishli. Bizning Metalloinvest kompaniyamiz uning kompaniyasi bilan ishlaydi. Yaqinda SFI Paxtakor FKning 80 foizini sotib oldi. Biz bu jamoaga ishqibozlik qilamiz. Prezident ham bu klubning muxlisi.

Albatta, biz uni qayta tiklashni istaymiz - avvaliga Osiyo chempioni bo‘lishini, keyin esa jiddiy kuboklar uchun kurash olib borishini. Agar SFI Paxtakor ni rivojlantirsa, men tushunadigan va menga yoqadigan narsani qilsa, unda men barcha imkoniyatlarim bilan yordam berishga tayyorman. Ammo, bu men Paxtakor ning aksiyadori yoki egasi bo‘lishni xohlayman, degani emas , - deydi Usmonov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!