Albaniya Bosh vaziri: "Erdo‘g‘an — aytganini qiladigan odam"

Albaniya Bosh vaziri: "Erdo‘g‘an — aytganini qiladigan odam"

Albaniya Bosh vaziri Edi Rama Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytganini qiladigan shaxs ekanligini ta’kidladi.

U bu haqda Turkiya-Albaniya hamkorligida zilzila jabrdiydalariga yangi uylarning kalitini topshirish marosimida so‘zlagan nutqida bugungi kunni favqulodda maxsus kun deb ta’rifladi. Rama Erdo‘g‘an bilan bo‘lgan uchrashuvlari haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

«(O‘sha paytda) men hali Albaniyaning Bosh vaziri emas edim. Erdo‘g‘an menga: "Albaniya va Kosovo mening yuragimda. Albanlar turk xalqining qalbida. Men birodarim bo‘lishingizni xohlayman, degandi. Men o‘zimni Erdo‘g‘anning do‘sti deb bilishdan faxrlanaman”, deya aytib o‘tdi Rama.

Yillar davomida vazifasi yuzasidan ko‘plab davlat rahbarlari bilan uchrashganini tilga olgan Rama nega aynan Erdo‘g‘an bilan yaqin do‘stligini quyidagicha izohladi: “Javobim juda oddiy: Prezident Erdo‘g‘an aytganini qiladigan odam.ʼ Ishoning, bugungi dunyo siyosatida "ha"si "ha" va "yo‘q"i "yo‘q" bo‘lgan odamlarni topish oson emas».

522 ta turar-joy qurildi

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 26 noyabr kuni Albaniyada sodir bo‘lgan 6,3 magnitudali zilzila oqibatida 51 kishi halok bo‘ldi, 900 dan ortiq kishi jarohatlandi.

202 ming 291 kishi zilziladan jabr ko‘rdi, 17 mingga yaqin odam uyini tark etdi.

Erdo‘g‘an zilziladan so‘ng darhol zilzila qurbonlari uchun uylar qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi hamda Albaniya davlat rekonstruksiya vazirligi bilan tabiiy ofatdan keyingi uy-joy qurilishi sohasida hamkorlik protokoli imzolandi. Natijada 522 turar-joy, savdo markazlari va avtoturargohlar qurildi. Uylarning poydevor qo‘yish marosimi 2020 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tdi va Prezident Erdo‘g‘an ham marosimda video konferensiya orqali qatnashdi.

Nizomjon Islomov tayyorladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!