Ajabo! Qo‘l-oyoqlari odamnikiga o‘xshagan g‘alati jonzot

Ajabo! Qo‘l-oyoqlari odamnikiga o‘xshagan g‘alati jonzot

Ijtimoiy tarmoqlarda antiqa hayvon aks etgan video tarqaldi. Foydalanuvchilar jonzotning uzun qo‘l-oyoqlari “odam qo‘llari”ga o‘xshash ekanligini aytishmoqda.

The Daily Star yozishicha, AQShning Boulder-Siti shahrida istiqomat qiluvchi ayol tomonida videorolik TikTok video tarmog‘iga joylashtirildi. 

​Ayol AQSh harbiy maxfiy bazasi - “Zona 51” yaqinida bu g‘alati hayvonga duch kelgani haqida izoh yozgan. Hukumat baza mavjudligini 2013 yilda tan olgandi.   

Tosh ustida o‘tirgan jonzot kaltakesakka o‘xshaydi. Hayvonning uzun qo‘l-oyoqlari foydalanuvchilarni hayratga soldi.

Bir haftada video 2,9 million marta tomosha qilinib, 590 mingdan ortiq layk to‘pladi. Foydalanuvchilar o‘z izohlarida hayvon haqida turli fikrlarni bildirishmoqda. Ba’zilar “u o‘yinchoq bo‘lishi mumkin”, degan izoh ham yozishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!