Agarda karantin muddati 3 oy ichida tugamasa viza muddati uzaytiriladimi?

Agarda karantin muddati 3 oy ichida tugamasa viza muddati uzaytiriladimi?

AOKA huzuridagi shtabda Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Avazbek Xadjimetov ishtirokida brifing onlayn o‘tkazildi.

❓Men Janubiy Koreya Respublikasiga bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha D2 viza olgandim. Bu vizani olgandan keyin 3 oy ichida O‘zbekistondan Janubiy Koreyaga borishim kerak bo‘ladi. Agarda karantin muddati 3 oy ichida tugamasa viza muddati uzaytiriladimi?

- Viza berish tartibini, ularning muddatlarini belgilash har bir davlatning ichki ishi. Mazkur holatda fuqaromizga Koreya Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasiga murojaat qilishni tavsiya qilamiz. Vizaning amal qilish muddati uzaytirilishi yoki uzaytirilmasligi borasida Koreya Respublikasining elchixonasidan batafsil ma’lumot olish mumkin.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!