Agar yaqinlaringiz bilan munosabatingiz o‘xshamayotgan bo‘lsa...

Agar yaqinlaringiz bilan munosabatingiz o‘xshamayotgan bo‘lsa...

Agar kim bilandir munosabatlaringiz o‘xshamayotgan bo‘lsa, demak siz munosabatlarga yopiqsiz!!!

Har qanday munosabat — puldan tortib, sevgi va oila munosabatlari — agar ko‘ngildagidek ketmayotgan bo‘lsa, tan oling va qabul qiling — siz munosabatlarga yopiqsiz!

Yopiqlik — bu shunday holatki, siz faqat odamlardan va borliqdan olishni istaysiz — berish haqida esa o‘ylamaysiz ham. Agar siz «berayapman-ku» deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, demak siz yetarlicha bermayapsiz yoki berib endi talab qilayapsiz.

Xo‘sh, aslida berish nima?

✔ Berish — bu tushunish, his qilish.

✔ Berish — boshqalarni chegarasini hurmat qilish.

✔ Berish — ta’sir qilish, ya’ni sizni ko‘rib boshqalar ham berishga harakat qilishi.

✔ Berish — nafaqat narsa, balki shirin so‘z va samimiy tabassum!

Avvalo ochiling va sizga berilayotgan narsalarni shukronalik bilan qabul qiling! Shundagina siz istagan narsalar sekin-astalik bilan hayotingizga kirib kela boshlaydi.
 

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!