Afsus! Sog‘liqni saqlash vaziri ham koronavirusga chalindi

Afsus! Sog‘liqni saqlash vaziri ham koronavirusga chalindi

Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok ham koronavirusga chalindi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida xabar berdi.

«Mening natijalarim ijobiy chiqdi. Yaxshiyamki, koronavirusning yomon belgilari yo‘q. Karantindaman va uyda ishlayapman», — deb yozdi vazir. U aholidan uydan chiqmaslikni va shifokorlarning maslahatlariga qat’iy amal qilishni so‘radi.

Ma’lumot uchun, oldinroq mamlakat bosh vaziri Boris Jonson ham koronavirusga chalinganini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!