Afg‘onistondagi saylovlar jarayoni tahdid ostida qolganmi?

Afg‘onistondagi saylovlar jarayoni tahdid ostida qolganmi?

Qozog‘iston rasmiylari fikriga ko‘ra, Afg‘onistonda joriy yilning oktyabrida o‘tkaziladigan parlament saylovlari tinchligi tahdid ostida qolgan, deb bayonot qildi Qozog‘istonning BMTdagi doimiy vakili Kayrat Umarov Xavfsizlik kengashi yig‘inida.

Chorshanba kuni respublika TIV tomonidan tarqatilgan press-relizda xabar qilinishicha, Kayrat Umarov Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani tomonidan bildirilgan, muqaddas ayyom - Qurbon bayram vaqtida o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan va bu taklifni G‘aniga muxolif bo‘lganlar rad etganlaridan afsusdaligini bayon etgan.

"Bu oktyabr oyida tinch parlament saylovlarini o‘tkazishga bo‘lgan umid tahdid ostida qolayotganini bildiradi. Oldinda kutilayotgan saylovlarga boykot e’lon qilishni rejalashtirayotgan ayrim afg‘on siyosiy partiyalarining bayonotlari bizni tashvishga solmoqda. Ularni o‘tkazishni ortga surish Afg‘onistondagi vaziyatni yomonlashtirishi mumkin", - deb ta’kidlagan Umarov. Uning so‘zlaridan Qozog‘iston TIV matbuot-xizmati iqtibos keltirgan.

Yig‘ilish davomida Qozog‘iston delegasiyasi rahbari Afg‘oniston hukumatining mamlakatdagi ahvolni barqarorlashtirishdagi yetakchi rol afg‘on xalqining o‘ziga berilishi kerak, degan fikriga to‘liq qo‘shilishini ta’kidlab o‘tgan.

Shu bilan birga, Umarov, Xavfsizlik kengashi a’zolari e’tiborini Afg‘onistonda, ayniqsa mamlakat shimolida ID jangarilari soni ko‘payganligiga qaratgan. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari xavfsizligiga tahdid keltirib chiqarmoqda.

Ushbu kontekstda elchi Qozog‘iston tomonidan taklif etilgan: xavfsizlik va taraqqiyot uyg‘unligi to‘g‘risidagi taklifga urg‘u bergan - ya’ni, barqaror iqtisodiy rivojlanish va yangi ish o‘rinlarining yaratilishi aholi bandligini oshirishi, yoshlarning terroristik guruhlar tomonidan yollanishining oldini olishi va xavfsizlikni kuchaytirishga xizmat qilishini qayd etgan.

Afg‘onistondagi parlament saylovlari 2018 yilning 20 oktyabr sanasiga rejalashtirilgan. Saylovlarda Afg‘oniston Milliy assambleyasining quyi palatasi a’zolari saylanadi. Afg‘onistonda so‘nggi bor parlament saylovlari 2010 yilda o‘tkazilgan. Parlament vakolatlari muddati 2016 yilning 22 iyun sanasida o‘z poyoniga yetgan. Ammo saylovlar prezident Ashraf G‘ani tomonidan xavfsizlik va mamlakatdagi nostabil ahvol tufayli keyinga qoldirilgan edi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!