Abduqodir Husanov muxlislar tomonidan eng yaxshi deb topildi

Abduqodir Husanov muxlislar tomonidan eng yaxshi deb topildi

"Lans" faoliyatini atroflicha yoritib kelayotgan "Lensois" sayti har uchrashuvdan keyin jamoaning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash maqsadida o‘ziga xos so‘rovnoma tashkil qiladi. Muxlislar o‘yin tugashi bilan ertasi kuni soat 9:00 gacha ovoz berish yo‘li bilan eng faol futbolchini aniqlaydi.

"Reyms" va "Lans" o‘rtasidagi o‘yindan keyin tashkil etilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, mazkur uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi nomiga Abduqodir Husanov sazovor bo‘ldi.

Unda hamyurtimiz Abduqodir Husanov 46 foizdan ko‘proq ovoz olgan holda birinchi o‘rinni egallagan. Husanovdan keyingi pog‘onani Frankovski 20 foiz ovoz to‘plagan holda egallab turibdi. Kuchli uchlikni yakunlab bergan Said Ueslida 18 foiz ovoz mavjud.

Sayt mutaxassislari Abduqodir Husanov haqida iliq fikrlar bildirgan.

“Abduqodir Liga 1 doirasida oltinchi bor maydonga tushdi. Jonatan Gradit o‘rnida o‘ynagan o‘zbek futbolchisi o‘ziga bo‘lgan ishonchni doim oqlamoqda. Bosh murabbiy "Frayburg"ga qarshi o‘yin oldidan himoyachini sinab olayotgan bo‘lishi mumkin”, — deydi sayt eksperti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!