80 yoshli otaxon OTMga hujjat topshirdi

80 yoshli otaxon OTMga hujjat topshirdi

Bu yilgi abituriyentlar bizni hayron qoldirishni davom etishmoqda. 80 yoshli otaxon To‘xtamish Sultonov Surxondaryo viloyati Angor tumani Davlat xizmatlari markazi orqali oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirdi.

Yoshi eng ulug‘ abituriyent Samarqand davlat universitetining Biologiyani o‘qitish metodikasi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining davolash va pediatriya ishi yo‘nalishini tanlagan. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 iyul OTMlarga hujjat topshirishning oxirgi kuni. 

Ma’lumot uchun, Davlat xizmatlari markazlarida 24 soat kunu-tun xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Bugungi kunga qadar DXMlar orqali jami 102 678 nafar abituriyent OTMga imtihonga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!