63 yoshli aka nega o‘z ukasining qotiliga aylandi? (video)

63 yoshli aka nega o‘z ukasining qotiliga aylandi? (video)

Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga og‘ir tan jarohati yuzasidan vafot etgan shaxs to‘g‘risida Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasidan xabar kelib tushadi. Bunga asosan soha xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlarini olib boradi. Qisqa muddat ichida jinoyat sodir etgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB multimediya markazi xabar qildi.

Statistik ma’lumotlarda keltirilishicha, 2018 yil davomida poytaxtimizda sodir etilgan jinoyatlarning 120 tadan ortig‘i spirtli ichimlik ichgan holda amalga oshirilgan.

O‘sha kuni ukasining uyda yo‘qligidan foydalangan aka ko‘chaga aylanib kelish bahonasida uydan chiqib ketadi. Uyiga mast holda qaytib kelgan akani hovlining yo‘lagida ukasi kutib oladi. Akasining sarxushligini ko‘rgach ikkisining o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqadi. Natijada janjal oxiri o‘lim bilan yakunlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!