5-o‘rin: Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni oshdi

5-o‘rin: Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni oshdi

Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni bir kecha-kunduzda 9,9 mingtaga ko‘payib, jami 286 579 kishini tashkil etmoqda, deya xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston kasallanganlar soni bo‘yicha Italiya va Ispaniyani ortda qoldirib, dunyoda beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Chorshanba kuni 276 583 kishi (bir kecha-kunduzda 9,9 ming kishiga ko‘paygan), undan oldingi kuni 266 598 kishi (bir kecha-kunduzda yana 9,9 ming kishiga ko‘paygan) virusni yuqtirganligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mamlakatda 137 448 kishi davolanmoqda, 141 028 kishi (bir kunda 5823 kishi) tuzalgan, 8102 nafari (bir kunda 357 kishi) vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!