49-o‘lim! Jizzaxda 28 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

49-o‘lim! Jizzaxda 28 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Jizzax shahrida yashovchi 28 yoshli M.O.  (ayol)ning joriy yilning 22 iyun kunidan tana harorati ko‘tarilib, u uy sharoitida davolanib yurgan.
 
Bemor ahvoli og‘irlashib, 4 iyul kuni tibbiyot xodimlariga murojaat qilganidan so‘ng, undan “COVID-19”ga namuna olingan va infeksiya bilan kasallanganligi tasdiqlangan. Unda ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgan.

Bemor davolanish jarayonida mutaxassislar tomonidan bir necha marta konsultasiya qilingan, unga tasdiqlangan standartlar asosida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayganligi sababli u sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.

Biroq ko‘rsatilgan reanimasion choralarga qaramasdan bemorning holati keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!