47 yoshli aktyor o‘z uyidan o‘lik holda topildi
Amerikalik aktyor Metyu Faber Los-Anjelesdagi (Kaliforniya) uyida o‘lik holda topildi. Bu haqda TMZ xabar bermoqda.
Faber 47 yoshda edi. Ta’kidlanishicha, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan. Faberning qarindoshlari u bilan uzoq vaqt bog‘lana olishmadi, uyiga kelganlarida esa aktyorning jasadini topishdi.
Metyu Faber 1995 yilda "Qo‘g‘irchoq uyga xush kelibsiz" filmidagi Todd Solondz roli bilan tanilgan. U shuningdek, "Qotillikning tug‘ilishi", "Syu", "Iblis bilan jang", "O‘zingiz bilgan iblis" kabi filmlarda epizodik rollarni ijro etgan. Shuningdek, "Qonun va tartib" serialida o‘ynagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)