47-o‘lim! Toshkentda 83 yoshli onaxon koronavirusga chalinib vafot etdi

47-o‘lim! Toshkentda 83 yoshli onaxon koronavirusga chalinib vafot etdi

Uchtepa tumanida yashovchi 83 yoshli onaxon SH.T.ni joriy yil 25 iyundan tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, hansirash va nafas siqishi bezovta qilgan. 28 iyun kuni esa koronavirus aniqlangan va Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. 

30 iyun kuni tos suyagi buyinchasi singanligi sababli 1-son shahar klinik shifoxonasiga o‘tkazilgan.

Unga “COVID-19” og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemor ikki tomonlama gonartroz, ikki tomonlama koksoartroz kabi hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.

Bemor bundan avval, ko‘p yillardan buyon gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi bilan davolanib keladi. 2019 yildan beri esa yotoq holatda bo‘lgan (tizza va tos-son bug‘imlari osteoartrozi, joriy yil 16 iyun kuni esa yiqilib tushishi oqibatida tos suyagi buyinchasi singan).

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mutaxassislar tomonidan konsultasiya qilingan, davolash jarayoni shifokorlar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!