23 yoshli fransuz futbolchisi YTHda halok bo‘ldi

23 yoshli fransuz futbolchisi YTHda halok bo‘ldi

Fransiyaning «Gengam» futbol klubi o‘yinchisi Natael Julen YTHga uchrab, halok bo‘ldi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati «Twitter»da xabar qoldirdi.

Mashg‘ulotlardan qaytishda avtomobili boshqaruvini yo‘qotgan 23 yoshli futbolchi halokatga uchragan.

«Bu qo‘rqinchli voqeadan dahshatga tushdik. Klub tiklab bo‘lmas yo‘qotishdan azob chekmoqda. «Gengam» futbolchining oilasi va yaqinlari qayg‘usini baham ko‘radi», — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!