16 mart kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

16 mart kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 mart kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12 daraja iliq, kunduzi 22-24 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 16-21 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!