14-o‘lim! Koronavirusga chalingan samarqandlik erkak vafot etdi

14-o‘lim! Koronavirusga chalingan samarqandlik erkak vafot etdi

Samarqandlik I. shu yilning 19 may kuni viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida og‘ir ahvolda  yotqizilgan. O‘tkazilgan  tahlillar natijasida unda “Covid-19” infeksiyasi  tasdiqlangan. Paxtachi tumanida yashovchi  63 yoshli (erkak) ushbu bemor 3 yildan buyon I-guruh nogironligi bo‘lib, surunkali buyrak yetishmovchiligi va anemiya og‘ir darajasi  tashhisi bilan dispanser nazoratida turgan. 2017 yildan buyon doimiy gemodializ muolajasini olib kelgan.

Shu yilning 25 may kuni bemorning  ahvoli yomonlashgan, burundan va ichki qon ketish belgilari paydo bo‘lgan va reanimasiya bo‘limiga olingan. Bo‘limda bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar asosida reanimasion yordam ko‘rsatilgan.  

Bundan tashqari, vazirlikning turli yo‘nalishlar bo‘yicha bosh mutaxassislari va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi xodimlari tomonidan telemedisina orqali konsiliumlar ham o‘tkazilib, doimiy nazorat ta’minlangan.

Biroq ko‘rsatilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor o‘tkir nafas va yurak  qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!