12 yoshli qiz IELTS sinovlaridan 7 ball oldi

12 yoshli qiz IELTS sinovlaridan 7 ball oldi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 40-maktabning 7-sinf o‘quvchisi Diyora Tuychiyeva 12 yoshida IELTS sinovlaridan 7 ball oldi. Bu haqda UzA xabar berdi.

Diyora ingliz tilini o‘rganishni 8 yoshidan boshlagan. U ingliz tili grammatikasini keyingi 3 yil ichida o‘zlashtirgan. Ustozi Madina Jalilovaning aytishicha, shogirdi bilan har kuni 7 yoki 8 soat, ba’zan 12 soatgacha ishlagan.

"Diyora bilan dastlab ingliz tilida chiroyli gapirishni, Basis Listening materiallaridan foydalanishni mashq qildik. U LASER A1, A2, B1, MINDSET Foundation kitoblarini qunt bilan o‘rgandi. So‘zlarni shunchaki yodlab olishni foydasi yo‘qligini, nutqda so‘zlarni faol ishlatish kerakligini tushuntirganman", — deydi ustozi Madina Jalilova.

Diyora kelajakda ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lishni maqsad qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!