101 yoshli momoga “Shuhrat” medali topshirildi

101 yoshli momoga “Shuhrat” medali topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan davlatimiz rahbarining farmoniga asosan bir guruh 100 yoshdan oshgan vatandoshlarimiz “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Ular safida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegayli tumanidan Altin momo Jaqsimuratova ham bor.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov bayram arafasida nuroniy momo xonadonida bӯlib, yurtimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami bilan muborakbod etdi. Tabarruk onaxonga “Shuhrat” medali hamda bayram sovg‘asini topshirdi.

–Bunday kunlarga yetkazganiga behisob shukronalar qilaman. Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, farzandlarimiz baxtli bӯlsin. Biz keksa avlod vakillariga kӯrsatilayotgan g‘amxӯrlikdan mamnunmiz, – deya duoga qo‘l ochdi 101 yoshli Altin momo Jaqsimuratova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!