Ukraina

Maxsus operasiya: 15-16 sentyabrning asosiy xabarlari

Ukraina AQShning HIMARS qurolidan tinch aholi, shahar ma’muriyati, ijtimoiy tuzilmalariga zarba berishda foydalanmoqda.

Putin: Rossiya Ukrainadagi mojaro tezroq barham topishi uchun hamma narsani qilishga tayyor

Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hindiston bosh vaziri Narendra Modibilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Britaniya razvedkasi Rossiya armiyasidagi kadrlar muammosi haqida xabar beradi

Kreml bilan bog‘liq bo‘lgan Rossiyaning “Vagner Group” xususiy harbiy kompaniyasi kamida iyul oyidan beri rossiyalik mahbuslarni Ukrainada xizmat qilish uchun yollash kampaniyasini olib bormoqda.

Xarkov yana o‘qqa tutildi, yengil jarohatlanganlar bor

Xarkov shahrining Sloboda va Kiyev tumanlariga rus qo‘shinlari tunda o‘q uzdi, dedi Xarkov meri Igor Terexov.

Vladimir Zelenskiy Ukraina haqiqatan ham havo mudofaasiga muhtoj ekanini aytdi

Ukraina prezidenti AQSH, Germaniya, Italiya, Fransiya va Isroilni Rossiyaning mamlakat fuqarolik infratuzilmasiga hujumlarini qaytarish uchun havo va raketaga qarshi mudofaa tizimlari bilan ta’minlashga chaqirdi.

AQSh Ukrainaga 600 million dollar harbiy yordam beradi

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 600 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi.

AQSh Kiyevni uzoq masofali tizimlar bilan ta’minlay olmaydi

Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordamni samarali deb hisoblaydi va katta ehtimol bilan hali uzoq masofali tizimlarni taqdim etmaydi. Bu haqda CNN manbalarga tayanib xabar berdi.

NATO Bosh kotibi Stoltenberg: alyansdagi qurol-aslaha zaxiralari Kiyevga yetkazib berilayotgani tufayli kamaygan

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyansdagi qurol-yarog‘ zaxiralari Kiyevga yetkazib berilayotgani tufayli kamayganini tan oldi.

Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini faqat mamlakat rahbariyati berishi mumkin – Peskov

Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Ukrainaga 350 milliard yevro kerak bo‘ladi

Germaniya Iqtisodiyot vaziri Robert Xabek payshanba kuni Ukrainaga urushdan keyingi tiklanish uchun 350 milliard yevro kerak bo‘ladi, deb aytdi.

AQSh Germaniya kansleri Sholsning Ukrainaga nisbatan siyosatidan noroziligini bildirdi

Amerika hukumati Germaniya kansleri Olaf Sholsning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash siyosatidan noroziligini bildirdi. Bu haqda Die Welt nashri xabar berdi.

Zaxarova AQShning Ukrainadagi mojaroga bevosita aloqadorligini e’lon qildi

Vashington Ukrainadagi jangovar harakatlarni davom ettirishga qiziqish bildirmoqda – gap AQShning mojaroga bevosita aralashuvi haqida bormoqda, dedi Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova.