Putin: Rossiya Ukrainadagi mojaro tezroq barham topishi uchun hamma narsani qilishga tayyor

Putin: Rossiya Ukrainadagi mojaro tezroq barham topishi uchun hamma narsani qilishga tayyor

Rossiya Ukraina mojarosi imkon qadar tezroq barham topishi uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi, biroq Kiyev muzokaralardan bosh tortdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hindiston bosh vaziri Narendra Modibilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Biz buning bari imkon qadar tezroq tugashi uchun hamma ishni qilamiz”, - dedi Putin Samarqanddagi Shanxay hamkorligi tashkiloti (SHHT) sammiti doirasidagi uchrashuvda.

Rossiya yetakchisi Ukraina rahbariyati muzokaralar jarayonidan bosh tortganini qayd etdi.

“O‘z maqsadlariga harbiy yo‘l bilan erishini ma’lum qildi”, - dedi Putin Ukraina rahbariyati pozisiyasini izohlayotib.

Shu bilan birga Putin Rossiya Hindistonning Ukrainadagi mojaroga oid pozisiyasi va mamlakatning bu munosabat bilan xavotirini bilishini ta’kidladi.

Rossiya rahbari Modini Ukrainada ro‘y berayotgan voqealardan xabardor qilib turishga va’da berdi.

24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denasifikasiya va demilitarizasiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operasiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genosidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!