Toshkent
Toshkentda 14 yoshli qizni o‘g‘irlab, nomusiga tekkanlar nega olti oydan beri jazolanmayapti? Javob berildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov Uza.uz saytida chop etilgan “Voyaga yetmagan qizaloqni tahqirlagan shaxslar nega jazoga tortilmayapti?” maqolasiga munosabat bildirdi.
Toshkentda koronavirusdan o‘lim holati qayd etildi. SSV buni e’lon qilmadi
Bugun, 16 mart kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Malika Qudratxo‘jayeva Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o‘ttiz oltinchi sessiya ishtirokchilari qarshisida ma’ruza qilgan.
Diqqat! 1 apreldan boshlab Toshkentda ommaviy tadbirlar to‘xtatilishi mumkin
Koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish, aholi salomatligini himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida Toshkent shahrida ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazilishida karantin talablariga rioya etilishi bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi.
Tezkor! Toshkent shahrida karantin kuchaytirildi, endi haydovchilar ham niqobda bo‘lishi shart
Toshkent shahrida 2021 yil davomida koronavirusdan kasallanishlar soni boshqa hududlarga nisbatan oshgani, ayniqsa, co‘nggi 5 kunda poytaxtdagi kasallanish holatlari sezilarli o‘sgani munosabati bilan Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda erkak 36 yoshli ayolni chuv tushirdi
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksinng 168 moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Toshkentda 3 ta tumandagi barcha maktablar onlayn ta’limga o‘tkaziladi
Poytaxtimizdagi boshqa tumanlarda o‘qish bahorgi ta’tilga qadar karantin talablariga to‘liq rioya etilgan holda an’anaviy davom ettiriladi.
Toshkentdagi ayrim yo‘llar bir oy muddatga yopiladi
Haydovchilarga vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishlari tavsiya etiladi.
Toshkentda maktab o‘quvchilari mushtlashdi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan Akmal N.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Toshkentdagi "O‘rikzor" bozorida 23 yoshli yigit kaltaklandi
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Shahzod Q.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlangan.
Toshkentdagi bog‘cha bolalari va tarbiyachilarda koronavirus aniqlandi
Joriy yilning 15 mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 117- sonli DMTT ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. MTTda 13 mart kuni 2ta tarbiyalanuvchi va 2 ta tarbiyachida COVID-19 aniqlangan. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Toshkentda o‘quvchilar, talabalar va tashkilotlar xodimlarida virus chiqmoqda. Joylardagi nazorat tadbirlari qayta joriy etildi
Toshkentda o‘quvchilar, talabalar va tashkilotlar xodimlarida virus chiqmoqda. Joylardagi nazorat tadbirlari qayta joriy etildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Malika Qudratxo‘jayeva ma’lum qildi.
Qatortolda ayol kishiga tajovuz qilgan erkak qo‘lga olindi
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jamshid A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.