Toshkent
IIBB: "Toshkentda o‘smirlar orasida paydo bo‘lgan “Vorovskaya jizn” haqidagi xabar tasdig‘ini topmadi"
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Toshkentda o‘smirlar o‘rtasida 1970 – 1980-yillarda SSSR hududida paydo bo‘lgan “Vorovskaya jizn” o‘yini harakatini eslatuvchi suratlarning tarqalishi bo‘yicha surishtiruv ishlari olib bordi.
Gaz moslamasining nosozligi sabab is gazidan buvi va ikki nabira zaharlandi
Toshkent shahrining Mirobod tumanida joriy yilning 16 oktyabr kuni tushgan xabarga ko‘ra, Fayziobod 9-tor ko‘chasida yashovchi, nafaqaxo‘r X.M. (ismli ayol)ning uyi yerto‘lasidagi isitish qozoniga o‘rnatilgan mo‘risidan chiqqan is gazidan o‘zi va uning 2 nafar nabiralari zaxarlangan. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha X.M. kasalxonaga yotqizilgan, bolalarga esa tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
O‘zbek-belarus qo‘shma fakultetiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi
Innovasion pedagogika fakultetiga kirish imtihonlarining natijalari bugun, 17 oktyabr kuni e’lon qilinadi.
Toshkentda Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiali ochiladi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti bazasida Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiali ochiladi.
Qish ostonasida: Toshkentda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan insonlarga issiq kiyimlar tarqatildi
Aniq yashash joyi bo‘lmagan shaxslarni reabilitasiya qilish markazida 147 kishiga issiq kiyim-boshlar va poyabzallar tarqatilgan, deb xabar bermoqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining rasmiy sayti.
Odil Ahmedov: “Stadion yaxshi emas, tushunmayman, nima uchun “Paxtakor” stadionida o‘ynamaymiz?”
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Qatar termasiga qarshi o‘yindan keyin “Milliy” stadioni holatini tanqid qildi.
Toshkent IIBB xodimlari yo‘qolib qolgan qizga uyga qaytishiga yordam berdi
Toshkent shahar IIB xodimlari yo‘qolib qolgan 14 yoshli qiz uyga qaytishiga yordam berdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yunusobodda ustasi farang firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
O‘zbekiston – Qatar terma jamoalari o‘rtoqlik o‘yini chiptalari sotuvga chiqarildi
Xabaringiz bor, 16 oktyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
Toshkentning doimiy yashovchi aholisi haqida batafsil statistika e’lon qilindi
Toshkent shahrining doimiy aholisi soni 1 oktyabr holatiga qariyb 2,5 mln kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 33 ming kishiga yoki 1,3 foizga o‘sgan, deya xabar qildi O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi.
Eski avtobuslardan voz kechilmaydi, ularning harakati vaqtincha cheklanadi xolos
“Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati tomonidan 2008-2009 yillarda ishlab chiqarilgan va eng ko‘p masofa bosib o‘tgan avtobuslarni yo‘nalishlarga chiqarmaslik haqida qabul qilingan qaror ommaviy axborot vositalarida turlicha talqin etilmoqda.
Ertadan Toshkentda isitish mavsumi boshlanadi
Toshkent shahrida isitish mavsumi joriy yilning 16 oktyabridan boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.